Zohirshoh Jo'rayev va Ozoda
Karvon ko'rdim

Zohirshoh Jo'rayev va Ozoda - Karvon ko'rdim
  • Слушали: 515
  • Размер: 19.78 mb
  • Длина: 8:38
  • Битрейт: 320 kbps
  • Добавлено: 01.10.2021, 19:14
Слушать
Zohirshoh Jo'rayev va Ozoda - Karvon ko'rdim
Скачать
Zohirshoh Jo'rayev va Ozoda - Karvon ko'rdim
Слушать и скачать mp3 песню Zohirshoh Jo'rayev va Ozoda - Karvon ko'rdim в качестве 320 kbps бесплатно
Текст песни
Karvon ko’rdim: tuyalari bo’zlab kelar,
Nortuyada mening yorim izlab kelar. (x2)
Menga bergan va’dalari esdan chiqib,
Ostonasi tillo yurtni ko’zlab kelar. (x2)

Peshonangga yozganidan ayrilma, yor,
Jonim chiqar, qo’shiq aytsam qayrilma, yor.

Karvon yo’li ketgunicha qizg’aldoq zor,
Yig’lamagin, yig’lagandan dunyo bezor.
O’ynab-o’ynab, kulib-kulib ketayvergin,
G’amga o’zim xaridorman, o’zim bozor.

Peshonangga yozganidan ayrilma, yor,
Jonim chiqar, qo’shiq aytsam qayrilma, yor.

Qorli tog’dan naridadir o’zga diyor,
O’zga yurtda kelin bo’lib qolishing bor.
O’zga yurtda o’z yurtingni eslab turgin,
Menga emas, o’z yurtingga bo’l intizor.

Peshonangga yozganidan ayrilma, yor,
Jonim chiqar, qo’shiq aytsam qayrilma, yor.

Men-chi, menga goh g’am to’lar, alam to’lar,
Gohi shodlik, gohida g’am nolam to’lar.
Bu dunyoki, meni ko’nglim yarim etding,
Yarmi bilan kuylasam ham olam to’lar.

Peshonangga yozganidan ayrilma, yor,
Jonim chiqar, qo’shiq aytsam qayrilma, yor.

Karvon ko’rdim: tuyalari bo’zlab borar, {x2}
Nortuyada meni yorim izlab borar.
Menga bergan va’dalari esdan chiqib,
Ostonasi tillo yurtni ko’zlab borar.

Menga bergan va’dalari esdan chiqib,
Ostonasi tillo yurtni ko’zlab borar. {x3}