Akbarali Ochilov
Kelasanmi

Akbarali Ochilov - Kelasanmi
  • Слушали: 162
  • Размер: 7.37 mb
  • Длина: 3:13
  • Битрейт: 320 kbps
  • Добавлено: 19.11.2021, 08:00
Слушать
Akbarali Ochilov - Kelasanmi
Скачать
Akbarali Ochilov - Kelasanmi
Слушать и скачать mp3 песню Akbarali Ochilov - Kelasanmi в качестве 320 kbps бесплатно
Текст песни
Bugungiday ko’kdan
Yog’ilarkan nur,
Nurafshon bog’larda
Uchrashar edik.
Ko’ngilda bir ajib
Halovat, huzur,
Huzurbaxsh oqshomlar
Ajrashar edik.
Kelasanmi, derdim
Xayrlashar chog’,
Kelaman, deyarding
Sekin iymanib.
Tilimning uchida
Hanuz shu so’roq,
Hanuz yuragimni
Aylaydi mayib.
Biz yurgan yo’llarni
Birga jamlasak,
Borib kelish mumkin
Oyga piyoda.
Lekin bag’rimizda
Ko’ngil jonsarak,
Endi bu gaplardan
Kimga ne foyda?

Kelasanmi, derdim
Xayrlashar chog’,
Kelaman, deyarding
Sekin iymanib.
Tilimning uchida
Hanuz shu so’roq,
Hanuz yuragimni
Aylaydi mayib.
O’sha bog’da yana
Uchrashib nogoh,
Erta kelasanmi,
Kelaqol, desam,
Sog’inchlar bag’ringni
O’rtasa-da, moh,
Kelaman, demaysan,
Kelging kelsa ham.

Kelasanmi, derdim
Xayrlashar chog’,
Kelaman, deyarding
Sekin iymanib.
Tilimning uchida
Hanuz shu so’roq,
Hanuz yuragimni
Aylaydi mayib.
Kelasanmi, derdim
Xayrlashar chog’,
Kelaman, deyarding
Sekin iymanib.
Tilimning uchida
Hanuz shu so’roq,
Hanuz yuragimni
Aylaydi mayib.